Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Amir Temur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi
Yangi elektr uzatish tarmog‘ini qurish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi.

Toshkent shahar aholisi va ijtimoiy soha obektlarining elektr ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlar yuklamasini saqlash hamda quvvat uzatishda zaxira yaratish maqsadida yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalari yangilanmoqda.
Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab yangi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, 15 maydan to qurilish ishlari yakunlangunga qadar Amir Temur shohko‘chasining Nukus ko‘chasi bilan kesishmasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lning bir tasmasi vaqtincha yopiladi.
Mavzuga oid
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
22:09 / 12.06.2026
Saida Mirziyoyeva Amir Temur haqidagi “Adolat fasli” spektakliga yuqori baho berdi
20:58 / 12.04.2026
Temuriylar merosini o‘rganish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilindi
21:47 / 09.04.2026