O‘zbekiston | 09:48 / 17.05.2023
6607
4 daqiqa o‘qiladi

18 may kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 18 may, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +23...+25 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ba’zida esa 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yuqori tog‘li (2000 metrdan baland) hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +11...+16 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid