Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev o‘qqa tutilishi oqibatlari va Baxmutdagi yarador askarlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 447-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 16 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning oltita «Kinjal» gipertovushli raketasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Sergey Shoygu esa Rossiya buncha «Kinjal» uchirmaganini aytdi.
- O‘z navbatida RF mudofaa vazirligi «Kinjal» raketalaridan biri Kiyevga joylashtirilgan Patriot kompleksini yo‘q qilgani haqida xabar berdi. Ukrainaga bu tizimlarni yetkazib bergan Amerika tomoni ma’lumotiga ko‘ra, kompleks, katta ehtimol bilan shikastlangan, ammo butkul ishdan chiqarilmagan.
- Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukrainani F-16 qiruvchilari bilan ta’minlash uchun xalqaro koalitsiya tuzishga kelishib oldi. Shu vaqtgacha g‘arblik hamkorlar Ukrainaga zamonaviy qiruvchi samolyotlar yetkazib berishdan bosh tortib kelmoqda.
- Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma’lum qilishicha, Islandiyada bo‘lib o‘tgan sammitda Yevropa Kengashining 46 a’zo mamlakati Rossiya tomonidan Ukrainadagi urush davomida yetkazilgan harbiy yo‘qotishlar va vayrongarchiliklarni ro‘yxatga olish uchun «zarar reyestri» tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
- Vengriya Yevropa tinchlik jamg‘armasidan Ukrainaga harbiy yordamning navbatdagi transhini ajratishni ma’qullamadi, bu ma’lumotni Vengriya hukumati matbuot xizmati Reuters agentligiga yo‘llangan elektron maktubda tasdiqlagan. Avvalroq Budapesht jamg‘armadan tugan pullar faqat Ukraina uchun qurol sotib olishga yo‘naltirilmasligi uchun kafolat talab qilayotgani xabar qilingandi.
Kiyevning tungi o‘qqa tutilishi
RF mudofaa vazirligi 16 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini «Kinjal» gipertovushli raketa kompleksi orqali Amerikaning Ukraina qurolli kuchlariga berilgan va Kiyevga joylashtirilgan Patriot zenit raketa kompleksi yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi. Ukraina tomoni bu bayonotni tasdiqlamadi: Ukraina qurolli kuchlari va Kiyev meriyasi RF armiyasi tomonidan uchirilgan barcha dron va raketalar — jumladan, oltita «Kinjal» — urib tushirilgani haqida xabar berdi.
Kiyevdagi kuzatuv kamerasiga muhrlangan video orqali rossiyalik harbiylar shahar bo‘ylab 30 ga raketalar yo‘llaganini ko‘rish mumkin. Videoyozuvlarda ukrain havo hujumidan mudofaa tizimi hujumlarni qaytargani, shu bilan birga ikkita raketa yerga qulagani aks etgan. Bir necha daqiqa o‘tib zenit raketalar uchirilgan joyda kuchli portlash ro‘y beradi, yana bir daqiqa o‘tib — tutun ustuni paydo bo‘ladi.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Pavlo Petrov / GSChS Ukrainy / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Andriy Zhyhaylo / Obozrevatel / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukrainalik yarador askarlarning Baxmutdan evakuatsiya jarayoni
Ukrainaning turli nuqtalaridan suratlar









Chasiv Yardagi vaziyat
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026
Ukraina dronlari yana Moskvaga hujum qildi
10:45 / 16.06.2026