Toshkentning chekkasidagi maktabda o‘quvchini ilon tishlab oldi
Voqea Bektemir tumanida, ekinzor dala va kanal yaqinida joylashgan 348-maktabda ro‘y bergan. Shifoxonadagi tekshiruvlarda bolaning sog‘ligiga jiddiy ziyon yetmagani aniqlangach, u shu kunning o‘zida darslarda qatnashgan.
Toshkentning Bektemir tumanidagi 348-maktabda 6-sinf o‘quvchisini ilon tishlab oldi. Bu haqda internetda tarqalgan xabarni Toshkent shahar MMTB tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, bu maktab binosi 1978 yilda qurilgan bo‘lib, Bektemir tumani Zabardast mahallasining Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi ekinzor dala hududi bilan chegaradosh qismida joylashgan. Bu yerdan katta oqava suv kanali o‘tgan.
10 may kuni soat 12:30 larda maktabning 6-sinf o‘quvchisi O‘.A.ni maktab binosining 2-qavati deraza rom qismining tirqishidan ilon (dala suv iloni) tishlab olgan.
Rasmiy xabarda aytilishicha, o‘quvchiga shu vaqtning o‘zida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ota-onasi va sinf rahbari hamrohligida Toshkent shahridagi 16-sonli shifoxonaga olib borilgan. U yerda o‘quvchiga jiddiy jarohat yetmagani aniqlanib, o‘quvchi shu kunning o‘zida maktabdagi dars jarayonlarida qatnashgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, 348-maktabda 2008 yildan beri ta’mirlash ishlari olib borilmagan bo‘lgan. Faqatgina 2023 yilning mart-aprel oylarida “Tashabbusli budjet” asosida maktabning tom qismi mukammal ta’mirlangan. Davlat dasturiga ko‘ra, maktabni 2024 yilda to‘liq mukammal ta’mirlash ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
21:43 / 21.11.2024