Jahon | 14:45 / 22.05.2023
13879
1 daqiqa o‘qiladi

London: Rossiyada yangi hujumkor aviaguruh tashkil etilyapti

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining harbiy razvedka ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Rossiya, katta ehtimol bilan, Ukraina hududida harakat qiladigan yangi hujumkor aviaguruhni yaratmoqda. 

Foto: Sergey Savostyanov / TASS

«Shtorm» shartli nomini olgan ushbu bo‘linma tarkibiga kamida bitta eskadrilya Su-24 va Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari, shuningdek, hujumkor vertolyotlar eskadrilyasi kirishi mumkin

Bu kombinatsiya, Britaniya razvedkasiga ko‘ra, «Shtorm» guruhi quruqlikdagi nishonlarga zarba berishda katta rol o‘ynashini ko‘rsatadi. 

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi yuqori malakali uchuvchilarni jalb qilishga urinayotgani, ularga katta pul mablag‘ini taklif qilayotgani, shuningdek, zaxirada bo‘lgan uchuvchilar uchun ish joyi ochayotgani ta’kidlanmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid