Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlaridan tushgan foydani Kiyevga berishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Belgiyaning Euroclear hisob markazida saqlanayotgan Rossiyaning 196,6 milliard yevrolik muzlatilgan aktivlaridan olingan foydani Ukrainaga berish imkoniyatini muhokama qilmoqda, deb yozadi Financial Times manbalarga tayanib.
Bunday harakat aktivlarning o‘zini ekspropriatsiya qilishga olib kelmaydi, balki G‘arbning Rossiyaga moliyaviy bosimining kuchayishini anglatadi, deya ta’kidlaydi gazeta.
Joriy yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Euroclear Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan kiritilgan sarmoya evaziga 734 million yevro foyda ko‘rgan.
«Ushbu foizlar kimga tegishli ekanligi to‘liq aniq emas. Bu foizdan Ukraina manfaatlari yo‘lida foydalanish noma’lum masala bo‘lib qolyapti, ammo biz buni amalga oshirish mumkinligiga ishonamiz», dedi FT nashriga munozaralardan xabardor manba.
Nashrning boshqa manbasiga ko‘ra, «moliyaviy institutlar bu pul bilan nima qilishni bilmayapti» va foydani Ukrainaga yordam berish uchun o‘tkazish varianti «istiqbolli bo‘lib ko‘rinyapti».
Mavzuga oid
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
08:50 / 26.06.2026