O‘zbekiston | 08:35 / 27.05.2023
4800
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr zargarlik sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Misr Savdo palatalari uyushmasining tilla va zargarlik bo‘limi boshlig‘i Xani Milad Geyd bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Muzokaralar davomida mamlakatda zargarlik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlikda kadrlar tayyorlash, zargarlarni Misrda o‘qitishini tashkil etish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Misr tomonining aytishicha, mamlakatda zargarlik sohasi so‘nggi 15-20 yillarda tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bu Turkiya va Italiyadan zamonaviy asbob-uskuna hamda jihozlar kirib kelishi bilan izohlanadi.

Tomonlar o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida soha vakillarining o‘zaro ishchi  safarlarini tashkil etish lozimligini ta’kidladilar.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston zargarlarining joriy yil 18-20 noyabr kuni Qohirada o‘tkaziladigan NEBU III xalqaro ko‘rgazmasiga ishtirokini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid