Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi saylovlar: Erdo‘g‘an saylovchilarga pul tarqatdi - video
Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarligi uchun nomzod bo‘lgan ikki siyosatchi — Kamol Qilichdoro‘g‘li va mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z saylov uchastkalarida ovoz berishdi.
Ovoz berib chiqqanidan keyin Erdo‘g‘an o‘z tarafdorlari tomon yurdi va ularga pul tarqatdi. Birinchi tur vaqtida ham u shunday ishga qo‘l urgan, ammo o‘tgan safar Erdo‘g‘an banknotlarni faqat bolalarga bergan bo‘lsa, bu safar katta yoshlilar ham undan pul oldi.
Turkiyaning amaldagi prezidenti Istanbuldagi uchastkada ovoz bergan, uning raqibi esa — Anqarada.
Mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da (Toshkent vaqti bilan soat 19:00) mamlakatdagi barcha saylov uchastkalari yopildi.
Dastlabki natijalar Toshkent vaqti bilan soat 23:00 dan keyin paydo bo‘la boshlaydi — respublika Oliy saylov kengashi raisi Ahmet Yyener natijalarni bundan oldin e’lon qilishga taqiq qo‘ygan. Avvaliga qishloqlar va kichik shaharlardagi natijalar ma’lum bo‘ladi, yirik shaharlardagi ma’lumotlar keyinroq keladi.
14 may kuni bo‘lib o‘tgan birinchi turda nomzodlardan hech biri g‘alaba uchun talab etilgan 50 foizdan ortiq ovozni to‘play olmagandi. Erdo‘g‘anni saylovchilarning 49,52 foizi qo‘llab-quvvatlagan, birlashgan muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘liga — 44,88 foiz, millatchi Sinan O‘g‘anga — 5,17 foiz kishi ovoz bergan. O‘g‘an ikkinchi turda Erdo‘g‘anni qo‘llashini e’lon qilgan.
Mavzuga oid
21:25 / 31.05.2026
Mirziyoyev Turkiyadagi avtobus halokati munosabati bilan Erdo‘g‘anga ta’ziya yo‘lladi
11:16 / 25.05.2026
Talabalar bosimi ortidan Erdo‘g‘an qarorini o‘zgartirdi
18:10 / 15.05.2026
Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashdi
12:03 / 23.04.2026