Fotojamlanma: Toshkentda elchixonalar ishtirokida xayriya festivali o‘tkazildi
Toshkent shahrida O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 20 dan ortiq elchixona vakillari ishtirokida “XIX madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri mazali festivaldan fotojamlanma taqdim qiladi.
27 may kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda elchixona vakillari o‘z mamlakatlarining taomlarini, shu jumladan, milliy oshxonalariga mansub bo‘lgan ekzotik lazzatlarni festival ishtirokchilariga taqdim qilishdi. Dunyoning turli xalqlari milliy musiqa va liboslari ham namoyish etilgan festival mehmonlar uchun ochiq bo‘ldi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu festival “Madaniy an’analar va milliy taomlar festivali” xayriya tadbiri bo‘lib, unda milliy taomlarni sotish va homiylar ajratgan mablag‘larning barchasi “Muruvvat” bolalar uylariga o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51 / 23.11.2024
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024