Jahon | 10:43 / 29.05.2023
2876
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada mintaqaviy va munitsipal saylovlar o‘tkazildi

Ovoz berish parlament saylovlari oldidan saylovchilar kayfiyatining muhim sinovi sifatida ko‘rildi. Konservatorlar bir qator hududlarni sotsial-demokratlardan qaytarib olishga umid qilgan.

Foto: Dirk Renckhoff/imageBROKER/ picture alliance

Ispaniyada 28 may, yakshanba kuni mintaqaviy va munitsipal saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ispaniyadagi 17 ta hududdan 12 tasida va deyarli 8 100 ta kommunada parlament va mahalliy kengashlarning yangi tarkibi uchun 35 millionga yaqin saylovchi ovoz berdi.

Mutaxassislar bu ovoz berishni joriy yil oxiriga rejalashtirilgan milliy parlament saylovlari oldidan saylovchilar kayfiyatining muhim ko‘rsatkichi sifatida baholamoqda. Ular Ispaniyada sotsial-demokrat Pedro Sanches boshchiligidagi ozchilik hukumati taqdirini hal qiladi.

28 may kuni saylovlar o‘tkazilgan 12 ta hududdan o‘ntasini sotsial-demokratlar boshqaradi. Xalq partiyasidagi konservatorlar ulardan oltitagacha mintaqani qaytarib olishga umid qilgan. Saylov kampaniyasi ayrim joylarda ovozlarni sotib olishga aloqador mojarolar bilan kechdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid