Jahon | 21:52 / 29.05.2023
15175
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qirg‘iziston osmonini birgalikda himoya qiladi 

Ikki davlat o‘rtasida Birlashgan mintaqaviy havo mudofaa tizimi tashkil etiladi. 

Foto: RIA Novosti

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston bilan Birlashgan mintaqaviy havo mudofaa tizimini (BMHMT) tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qiluvchi qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy internet portalida e’lon qilingan. 

Unga ko‘ra, Rossiyaning havo hujumidan mudofaa (HHM) qo‘shinlarini o‘z hududida joylashtirish uchun Qirg‘iziston besh gektar yer maydonini bepul beradi. 

Shartnomaga ko‘ra, BMHMT qo‘shinlarining hamkorlikdagi harakatlari Rossiya armiyasining Aerokosmik kuchlari bosh qo‘mondoni tomonidan muvofiqlashtiriladi. Rossiya HHM va Qirg‘iziston qo‘shinlarining hamkorlikdagi harakatlarini boshqarish Qirg‘iziston havo hujumidan mudofaa kuchlari qo‘mondoni tomonidan amalga oshiriladi. 

Davlatlararo shartnoma 5 yil muddatga tuzilgan. Agar tomonlar uni bekor qilish niyatida bo‘lmasa, avtomatik ravishda yana 5 yilga uzaytiriladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid