Erdo‘g‘an partiyasi Turkiya parlamentida 268 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi
Hukmron partiya avvalgi saylovga nisbatan 27 ta o‘rindan mahrum bo‘ldi, ammo baribir ustunlikni saqlab qoldi.
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) saylov yakunlariga ko‘ra, parlamentda 268 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Anadolu mamlakat Markaziy saylov komissiyasining yakuniy ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an rahbarlik qiladigan AKP ilgari parlamentda 295 ta o‘ringa ega edi, shu tariqa partiya 27 ta o‘rindan mahrum bo‘ldi. Ammo baribir son jihatdan ustunlikni saqlab qoldi.
Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi Millatchi harakat partiyasi (MHP) parlamentda 50 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
Muxolifat yetakchiligidagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) 169 ta o‘rinni egalladi, bu o‘tgan saylovga nisbatan 23 taga ko‘p.
Shuningdek, Yashil so‘llar partiyasi 61 ta, Yaxshi partiyasi 43 ta, Erdo‘g‘anga yaqin bo‘lgan Yangi farovonlik partiyasi 5 ta, Turkiya ishchilar partiyasi 4 ta o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Turkiya parlamentida 600 ta o‘rin bor.
Mavzuga oid
08:30
O‘zbekiston Turkmaniston va Turkiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
09:23 / 26.09.2024
Turkiyada 8 yoshar qizaloqning o‘ldirilishi. Bu haqida nimalar ma’lum?
18:28 / 25.09.2024
Turkiyada yashash uchun ruxsatnoma olgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi
20:03 / 19.09.2024