Jahon | 12:13 / 31.05.2023
10699
1 daqiqa o‘qiladi

Belgorodda bolalarni chegaraoldi hududlaridan evakuatsiya qilish boshlandi

Rossiyaning Belgorod viloyatida Shebekino va Grayvoron shahar okruglaridan bolalarni evakuatsiya qilish boshlandi. Gubernator Vyacheslav Gladkov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, 31 may kuni Voronejga 300 kishilik birinchi guruh jo‘natish rejalashtirilgan.

Foto: Telegram / vvgladkov

Viloyat rahbari, shuningdek, kechasi Shebekinoga «Grad» tizimlaridan «katta zarba berilgani»ni aytdi. To‘rt kishi jarohat olgan, kamida bir fuqaroning ahvoli og‘ir. Sakkizta ko‘p xonadonli va to‘rtta xususiy uy, bir maktab va ikkita ma’muriy bino, shuningdek, 12 ta avtomobilga zarar yetgan.

Shebekinoni o‘qqa tutish bir necha kundan beri davom etmoqda. 22 may kuni Ukrainadan diversiya guruhi Grayvoron tumaniga kirib keldi. Hujum uchun javobgarlikni «Rossiya ko‘ngillilar korpusi» o‘z zimmasiga oldi.

Mavzuga oid