Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTB Chimkent-Toshkent-Xo‘jand iqtisodiy koridorini rivojlantirishga ko‘maklashadi
OTB Chimkent-Toshkent-Xo‘jand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida tajriba almashinuviga ko‘maklashadi.
Joriy yilning 15-19 may kunlari Batumi shahrida (Gurjiston) OTB va Gurjiston hukumati tomonidan Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bojxona va transport tuzilmalari vakillari uchun Chimkent-Toshkent-Xo‘jand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘quv dasturi tashkil etildi.
Tadbirda chegaralarni kesib o‘tish tartibini soddalashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun xalqaro standartlarni qo‘llash bo‘yicha tajriba almashildi.
Dastur doirasida ishtirokchilar Gurjiston va Turkiya o‘rtasida joylashgan Sarp-Sarpi chegara o‘tish punkti va Adjara mintaqasidagi quritilgan mevalarni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurishdi.
O‘quv dasturi ishtirokchilariga bog‘dorchilik mahsulotlarini qayta ishlashda xalqaro standartlarni qo‘llagan holda yuk va yo‘lovchilar oqimi uchun chegarani kesib o‘tish tartib-qoidalarini soddalashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
20:31 / 03.05.2026
Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi
17:27 / 18.11.2025
Prezident Osiyo taraqqiyot banki rahbari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi
14:44 / 18.11.2025