Jahon | 16:57 / 02.06.2023
6210
2 daqiqa o‘qiladi

Blinken: AQSh Ukrainada tinchlikka erishish uchun harakat qilmoqda

Foto: AP

Vashington, agar ular Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boshqa davlatlarning mojaroni tugatish bo‘yicha tashabbuslarini rag‘batlantiradi.

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 2 iyun, juma kuni Helsinki meriyasi binosida Finlandiya xalqaro munosabatlar instituti mezbonlik qilgan tadbirda so‘zlagan nutqida, Qo‘shma Shtatlar Ukraina va boshqa ittifoqchilar bilan urushni tugatish uchun «adolatli va mustahkam tinchlik»ning asosiy elementlari atrofida konsensus yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

Vashington, shuningdek, BMT Nizomiga mos keladigan va Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini ta’minlasa, boshqa davlatlarning mojaroga barham berish tashabbuslarini rag‘batlantiradi, dedi u o‘z nutqida. 

«Agar ular adolatli va mustahkam tinchlikka yo‘l topishga yordam bersa, Braziliya, Xitoy yoki boshqa davlatlarning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz», - deya qo‘shimcha qildi Blinken. «Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush strategik muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi», deb ta’kidladi davlat kotibi. 

Vashington Ukrainani harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, chunki samarali diplomatiya uchun zaruriy shart Kiyevning kelajakdagi har qanday tajovuzdan himoyalanish qobiliyatidir. Blinken AQSh «kelajakdagi Ukraina armiyasi»ni qurishda yordam berishini aytdi. Bu zamonaviy havo kuchlari, havo va raketadan mudofaa kompleksini yaratish, o‘q-dorilar ishlab chiqarish salohiyati, zamonaviy zirhli texnikalar bilan ta’minlash, kuch va vositalarni jangovar shay holatda saqlash uchun sharoit yaratish demakdir. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid