Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 230 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Odisha shtatida poyezdlarning to‘qnashuvi oqibatida 230 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 900 kishi jarohatlandi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Hindiston sharqidagi Odisha shtatida 2 iyun, juma kuni kechqurun poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 233 kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 900 ga yaqin kishi. "Bu keng ko‘lamli baxtsiz hodisa va qurbonlar soni hali ham sezilarli darajada oshishi mumkin", - deya Balasore shahridan amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirgan The Indian Express.
Hindiston hukumati rasmiy bayonotida aytilishicha, Hovradan Chennayga ketayotgan "Koromandel ekspress" poyezdi Bahanaga bazaar bekati yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu stansiya hududida SMVB-HWH Superfast Exp tezyurar poyezdi Sir M. Visvesvaraya vokzali - Hovra yo‘nalishida relsdan chiqib ketdi.
"Temiryo‘l kompaniyasi vakillari qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish va yordam ko‘rsatish uchun zudlik bilan voqea joyiga jo‘nab ketishdi. Temiryo‘lchilarning barcha e’tibori yo‘lovchilarni qutqarish va qurbonlar sonini kamaytirishga qaratilgan. Qutqaruv ishlari harbiy miqyosda olib borilmoqda", — deyiladi press-relizda.
Ayni paytda, ayrim ommaviy axborot vositalari "Koromandel ekspress" relsdan chiqib ketgani va yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketgani haqida xabar bermoqda.
Mavzuga oid
10:40
Kuchli issiq tufayli ayrim poyezd vagonlarida salqinlik pasayishi mumkin
09:40 / 13.07.2026
Toshkent metrosiga yana 3 ta zamonaviy poyezd qo‘shildi
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026