Jamiyat | 19:40 / 04.06.2023
42143
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatida Damas daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

4 iyun kuni soat taxminan 7:20 atrofida Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani hududida Damas avtomashinasi daraga ag‘darilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi «Maydanak-Qiziltepa» avtomobil yo‘lining Kon qishlog‘i «Kattao‘ra» MFY hududidan o‘tuvchi 38-kilometrida ro‘y bergan. Haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida mashina yo‘ldan chiqib ketib, daraga ag‘darilgan.

Natijada avtomashinada bo‘lgan 3 kishi voqea joyida vafot etgan, yana 3 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman shifoxonasiga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat FVB rahbariyati boshchiligida qutqaruvchilar, tuman hokimi va tegishli tashkilot vakillari yetib borib, qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid