O‘zbekiston | 16:03 / 05.06.2023
5140
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov Qozog‘istonga borib, xalqaro forumda ishtirok etadi

«Muloqot orqali muammolarni yengib o‘tish: hamkorlik, rivojlanish va taraqqiyot yo‘lida» mavzusida o‘tkazilayotgan forum ishtirokchilari iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat taqchilligi va energiya xavfsizligi masalalarini muhokama qiladi.

Foto: Kun.uz

Oqo‘rda matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 8 iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostona xalqaro forumining yalpi majlisida nutq so‘zlaydi.

Forumning nufuzli mehmonlari orasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Bosniya va Hersegovina prezidiumi raisi Jyelka Tsviyanovich, XVJ boshqaruvchi direktori Kristalina Georgiyeva, YuNESKO bosh direktori Odri Azule, BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana va boshqalar bor.

Bundan tashqari, Qosim-Jo‘mart To‘qayev forum doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid