Ekologlar BAAni BMT iqlim konferensiyasi mezboni sifatida tanqid qilyapti
Bonnda ochilgan konferensiya olti oy ichida Dubayda o‘tkaziladigan iqlim bo‘yicha yana bir konferensiya uchun qarorlar tayyorlashi kerak. Ekologlar BAA forum mezboni sifatidagi maqomini o‘z maqsadlari uchun foydalanayotganidan xavotirda.
5 iyun, dushanba kuni Bonnda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ikki haftalik konferensiyasi (SB58) boshlandi, uning davomida butun dunyodan kelgan delegatlar COP28 iqlim konferensiyasiga yechimlar tayyorlashi kutilmoqda. COP28 30 noyabrdan 12 dekabrgacha Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Germaniya hukumatining iqlim bo‘yicha maxsus vakili Jyennifer Morgan "global iqlim siyosati uchun keng koalitsiya" tuzishga chaqirdi. Bonn Birlashgan Arab Amirliklarida COP28 iqlim konferensiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazish yo‘nalishini belgilashi kerak, dedi u.
Shu bilan birga, BAA mezbon davlat sifatida ekologiya tashkilotlari tomonidan tanqid qilinyapti. Germanwatch xalqaro iqlim siyosati rahbari Devid Rayfishning so‘zlariga ko‘ra, "Birlashgan Arab Amirliklari Jahon iqlim konferensiyasiga raislik qilar ekan, neft va gaz davrini uzaytirish bo‘yicha o‘z kun tartibini ommaviy ravishda olg‘a surishga harakat qiladi".
Ayni paytda, BAA sanoat vaziri va Abu-Dabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) bosh direktori Sulton bin Ahmad Al-Jobir uning mamlakati bahsli masalalarda konsensusga erishmoqchi ekanligini aytdi. U konferensiya maqsadini “muvozanatli, ammo ayni paytda ulkan natija” deb atadi.
Mavzuga oid
13:36 / 08.11.2024
2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilyapti
18:18 / 06.11.2024
Shaharni salqinlatish uchun qancha daraxt kerak? Olimlar javob berdi
14:08 / 05.11.2024
Sahroi Kabirni ko‘kalamzorlashtirish Yer iqlimiga qanday ta’sir qiladi?
20:09 / 02.11.2024