Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov: Markaziy Osiyoda butunlay boshqacha, yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Keyingi yillarda Markaziy Osiyoda butunlay boshqacha va yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ostona xalqaro forumida chiqish qilgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov aytib o‘tdi, deya xabar beradi «Kazinform».
Foto: inform.kz
«Hozir biz iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ta’siri va energiya inqirozi kabi muammolarga duch kelmoqdamiz. Bu omillar barqaror rivojlanishga jiddiy tahdid solmoqda. Bu masalalar og‘ir ahvolga tushib qolgan jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga to‘siq bo‘lmoqda. Bundan tashqari, yuklarni tashish uchun ilgari mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarda ham o‘zgarishlar mavjud. Hozirgi bosqichda hamkorlikda ishlash va konstruktiv muloqot o‘rnatish biz uchun muhim. Shu bilan birga, hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Markaziy Osiyo mamlakatlarini qayd etmoqchiman», — dedi Abdulla Aripov.
O‘zbekiston bosh vazirining fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari tomonidan taklif etilayotgan tizimli siyosiy yechimlar mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qilmoqda.
«So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda butunlay boshqacha va yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, mintaqadagi eng murakkab muammolarni hal qiladi», — dedi u.
O‘zbekiston bosh vaziri Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar ortgani va avvalgi ko‘rsatkichlarni ortda qoldirishga yaqinlashayotganini aytdi.
Mavzuga oid
12:12 / 05.12.2025
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuv o‘tkazildi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
22:57 / 03.12.2025