Jahon | 11:08 / 09.06.2023
5419
2 daqiqa o‘qiladi

AQShni qamrab olgan Kanada o‘rmon yong‘inlari tutuni Norvegiyaga yaqinlashmoqda

Kanadadagi yuzlab o‘rmon yong‘inlari tutuni tez orada Norvegiyaga yetib borishi va muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

ZUPR / BACKGRID / Vida Press

Norvegiyalik mutaxassislarning fikricha, smog (tutun, qurum, kul zarralari, chang, yonilg‘i bug‘i kabilar aralashmasidan iborat zaharlangan havo) allaqachon Grenlandiya va Islandiyada kuzatilgan, yaqin kelajakda u janubiy Norvegiyada paydo bo‘ladi. So‘nggi bir necha kundan beri Kanadaning Kvebek provinsiyasida o‘rmonlar yonmoqda. BBC News ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari maydoni 3,3 million gektarni tashkil etadi. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo mamlakat tarixidagi «eng yomon o‘rmon yong‘inlari mavsumi»ga duch kelayotganini aytdi. Qattiq tutun tufayli minglab aviareyslar bekor qilingan yoki kechiktirilgan. 

7 iyun kuni yong‘in tutuni Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab tarqalib, 10 dan ortiq shtatga ta’sir qildi. Nyu-York, Vashington va Filadelfiyada havo ifloslanishining eng yomon ko‘rsatkichlari qayd etildi. Brodveyda spektakllar san’atkorlar nafas olishda muammolarga duch kelgani haqida shikoyat qilganidan so‘ng to‘xtatildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid