Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hozir hamma ijobiy kayfiyatda. Putinga shuni yetkazib qo‘ying» - Zelenskiy qarshi hujum harakatlarini e’lon qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukrainada qarshi hujum harakatlari olib borilayotganini aytdi. Ammo qaysi bosqichda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Foto: Valentyn Ogirenko / Reuters
Jurnalistlar Zelenskiydan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bir kun avval «Ukraina armiyasi hech qanday hududda o‘z maqsadlariga erisha olmagani» haqidagi bayonotiga izoh berishni so‘radi.
«Men har kuni turli yo‘nalishdagi qo‘mondonlarimiz bilan aloqadaman. Hozir hamma ijobiy kayfiyatda. Putinga shuni yetkazing», dedi Zelenskiy.
«Ukrainada qarshi hujum va mudofaa bo‘yicha tegishli harakatlar bo‘lib o‘tmoqda, qaysi bosqichda ekani haqidagi tafsilotlarga to‘xtalmayman. Natijalar tez orada seziladi. Men Telegram-kanallar xabarlari va Putinga ishonmayman. O‘z qo‘shinlarimizga ishonishimiz kerak. Men ularga ishonaman», dedi Ukraina prezidenti.
9 iyun kuni prezident Vladimir Putin Ukraina qarshi hujumi allaqachon boshlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, strategik zaxiralardan foydalanish shundan dalolat beradi va besh kundan beri shiddatli janglar davom etmoqda. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning aytishicha, uch kunlik janglarda 71 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025
B rejasi: Nega YeI Ukrainaga Rossiya zaxiralarini bermadi?
10:33 / 20.12.2025
Zelenskiy Varshavada: Ukraina mustaqilligi Polsha uchun muhim
22:42 / 19.12.2025