Jahon | 12:21 / 14.06.2023
6808
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Suriyaga oziq-ovqat yordami kamaytirilishini e’lon qildi

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi iyul oyidan boshlab Suriyaga oziq-ovqat yordami va oziq-ovqat uchun ajratiladigan mablag‘larni qisqartiradi. Shoshilinch ravishda kamida 180 million dollar kerak, deya ma’lum qildi tashkilot.

Foto: AP

Iyul oyidan BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturi Suriyada qo‘llab-quvvatlayotgan 5,5 million aholining deyarli yarmiga oziq-ovqat yordami va moliyalashtirishni qisqartiradi. Bu haqda 13 iyun, seshanba kuni humanitar tashkilotda ma’lum qilindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu haddan tashqari chora zarur oziq-ovqat ratsionining yarmini olgan va shu bilan zo‘rg‘a omon qolgan 2,5 million kishiga ta’sir qiladi.

Yordamning kamayishi moliyalashtirishning tez tugashi, operatsion xarajatlarning o‘sishi va joylarda ehtiyojlarning ortishi bilan bog‘liq.

Shu fonda oktyabr oyidan boshlab Afg‘oniston, Bangladesh, Chad, Mali, Falastin, Tanzaniya va Yaman kabi mamlakatlarga ko‘rsatilayotgan yordam darajasini saqlab qolish imkonsiz bo‘lib qoladi, deya qo‘shimcha qiladi ekspertlar.

Yil oxirigacha qisqartirishlar oldini olish uchun Suriyaga zudlik bilan kamida 180 million dollar (166 million yevro) kerak.

"Ratsionni bundan keyin ham qisqartirish mumkin emas. Bizning yagona yechimimiz - yordam oluvchilar sonini kamaytirish", - deydi BMT Butunjahon oziq-ovqat dasturining Suriyadagi direktori Kenn Krossli. "Biz yordam berayotgan odamlar mojaroning halokatli oqibatlarini boshdan kechirdi, uylarini tashlab, oila a’zolari va tirikchilik vositalarini yo‘qotdi. Bizning yordamimiz bo‘lmasa, ularning qiyinchiliklari yanada kuchayadi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid