Jahon | 17:16 / 14.06.2023
11988
2 daqiqa o‘qiladi

Diqqatni jamlash va xotirani yaxshilashning oddiy usuli aytildi

Foto: AP

Finlandiyadagi Helsinki universitetining yangi tadqiqotiga ko‘ra, yashash joylarida quyosh nurining uzoq vaqt ta’sir qilishi o‘rta yoshda kognitiv funksiyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot Scientific Repors jurnalida chop etildi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, quyosh nuri aqliy salomatlikda himoya rolini o‘ynashi, xotira, diqqat va boshqa kognitiv qobiliyatlarga ta’sir qilishi mumkin. 

Tadqiqotga har tomonlama kognitiv baholashdan o‘tgan, o‘z odatlari va turmush tarzi haqida bir necha marta so‘rovnomalarni to‘ldirgan 1838 ishtirokchi (tadqiqot boshlanganidan 2 oy, 1 yil, 2 yil va 5 yil o‘tgach) qatnashdi. 

Mualliflar 1 yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida xonadon ichida quyosh nuri ostida bo‘lish idrok, vizual xotira va assotsiativ o‘rganish, vizual ishlov berish hamda e’tiborni yaxshilash bilan bog‘liqligini aniqladi. 

Biroq, tadqiqotchilar 2 oydan bir yilgacha bo‘lgan qisqa vaqt oralig‘ini ko‘rib chiqishganda, ular quyosh nuri ta’siri va kognitiv funksiyalar o‘rtasida hech qanday muhim bog‘liqlik topmadilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, turar joy binolarida quyosh nurlari umumiy kognitiv funksiyaga asta-sekin ta’sir qiladi. 

Mavzuga oid