Nottinghamda yuz bergan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
Londondan 200 km uzoqlikda joylashgan Angliya shahrida 3 kishi o‘lik holda topildi, yuk mashinasi haydalishi oqibatida yana uch kishi jarohat oldi. Politsiya voqealar bir-biriga bog‘liq deb hisoblamoqda.

Foto: Getty Images
Angliyaning Nottingham shahrida mikroavtobus haydovchisi tomonidan urib ketishga urinish oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi. 31 yoshli erkak qotillikda gumonlanib hibsga olingan. Bu haqda 13 iyun, seshanba kuni politsiya ma’lum qildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab, erta tongda Londondan 200 km shimolda joylashgan 340 ming aholi yashaydigan shahar markazidagi ko‘chalardan birida ikki kishi jasadi topilgan. Shundan so‘ng, politsiya birinchisidan unchalik uzoq bo‘lmagan boshqa joyga chaqirilgan, u yerda erkak uch kishini mashinada urib ketmoqchi bo‘lgan, jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Keyin shahar markazidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda yana bir jasad topildi.
Nottingem politsiyasi komissari Keyt Meynell o‘z bayonotida: "Biz uchala hodisaning bir-biriga bog‘liqligiga ishonyapmiz", dedi. Jinoyatning ehtimoliy sabablari hozircha ma’lum qilinmagan. Meynellning aytishicha, tergov davom etmoqda.
Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak qutqaruv xizmatlari va politsiyaga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik izhor etdi va qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid

15:15 / 19.02.2025
Olimlar hayvonlarning hissiyotlarini aniqlaydigan sun’iy intellekt yaratdi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

17:58 / 01.01.2025
“Murda yo‘q, jinoyat ishi ham yo‘q” – huquqshunoslarning mashhur iborasi qanday paydo bo‘lgan?

00:35 / 19.12.2024