Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ko‘rib chiqish zarurligini ma’lum qildi
Foto: Reuters
Germaniya kansleri Olaf Shols hamkorlar bilan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini, jumladan, mojaro tugaganidan keyingi davr uchun ham muhokama qilish zarurligini aytdi. Bu haqda u hukumatning milliy xavfsizlik strategiyasini taqdim etar ekan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.
Uning ta’kidlashicha, bu «Rossiya agressiyasi» tufayli zarur, u Ukraina va Belarusni misol qilib keltirgan.
Shols, shuningdek, Ukrainadagi mojaro va «Shimoliy oqim» quvurlarining portlatilishiga ishora qilib, Germaniya xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat so‘nggi bir yarim yil ichida sezilarli darajada o‘zgarganini ta’kidladi.
Germaniya hukumati mamlakat tarixidagi birinchi milliy xavfsizlik strategiyasini taqdim etdi, unda Rossiya Federatsiyasi Yevropadagi tinchlik tartibiga «eng jiddiy tahdid» deb ataladi. Tegishli hujjat Germaniya vazirlar mahkamasi saytida e’lon qilingan.
Mavzuga oid
19:16 / 20.01.2026
Ukraina bo‘ylab yangi zarbalar: Kiyevda yana 6 mingta ko‘p qavatli uy issiqliksiz qoldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026