Jahon | 11:17 / 15.06.2023
6619
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada har yillik ayollar milliy ish tashlashi bo‘lib o‘tdi

Foto: AP

Shveytsariya shaharlarida har yili o‘tkaziladigan ayollar ish tashlashi doirasida ayollarning ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deb yozadi RIA «Novosti». 

Butun mamlakat bo‘ylab o‘n minglab odamlar jamiyatdagi gender tengsizligiga qarshi chiqdi va mitinglarda qatnashdi. Eng yirik namoyish Shveytsariyaning eng yirik shahri – Tsyurix markazida bo‘lib o‘tdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, unda 15 mingga yaqin ayol ishtirok etgan. Namoyishchilar «Ish haqi, vaqt, hurmat» shiori ostida ko‘chalarga chiqdi.

Shveytsariyada ayollar ish tashlashlari 1991 yildan beri har yili 14 iyun kuni o‘tkazib kelinadi. Bundan 10 yil muqaddam mamlakat konstitutsiyasiga erkaklar va ayollarning teng huquqliligi, jumladan, mehnat munosabatlari sohasida ham kafolatlangan o‘zgartirishlar kiritildi.

Bu yil namoyishchilar gender zo‘ravonligiga butun mamlakat bo‘ylab javob berishni, shuningdek, tug‘uruq ta’tilini bir yilgacha oshirishni talab qilishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid