Sport | 09:34 / 18.06.2023
22808
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zavtosanoat» rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov gimnastika federatsiyasi raisi bo‘ldi

Federatsiyaga so‘nggi yillarda hozirda Toshkent shahriga hokimlik qilayotgan Shavkat Umrzoqov rais hisoblanardi.

Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

17 iyun kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Federatsiyaning avvalgi rahbari (Shavkat Umrzoqov) boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tashkilotga yangi rais saylash konferensiya kun tartibidagi asosiy masala bo‘ldi.

MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ushbu lavozimga federatsiya bosh homiysi «O‘zavtosanoat» AK boshqaruv raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov nomzodini ilgari surdi. Konferensiya qatnashchilari bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladi va Ulug‘bek Ro‘ziqulov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi raisi etib saylandi.

  • Ulug‘bek Ro‘ziqulov 2023 yil mart oyida Shavkat Umrzoqov o‘rniga «O‘zavtosanoat» rahbari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid