Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini dronlar bilan ta’minlash niyatida
Toshkentda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari hamda Janubiy Koreyaning KOTRA agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish istagida bo‘lgan koreyalik yetakchi korxonalarning uchuvchisiz parvoz apparatlari taqdim etildi.
Janubiy Koreyaning Geospatial Information, HUINS, PRENEU, Samsung drone, Meissa va SEESAW D&U kompaniyalari ishlab chiqargan va aynan qishloq xo‘jaligida qo‘llash mumkin bo‘lgan dronlar – uchuvchisiz parvoz apparatlari bilan o‘zbekistonlik mutaxassislar tanishtirildi.
Tadbirda koreyalik mutaxassislar ishlab chiqqan yuqori unumdor va ko‘p funksiyali dronlar, sun’iy intellekt texnologiyalari, ekin ekish ishlarining kompleks monitoringi, o‘g‘itlash va o‘simliklar kasallanishiga qarshi kurashni yuqori aniqlikda o‘tkazish imkonini beruvchi innovatsion yechimlardan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida foydalanish imkoniyatlari muhokama etildi.
Mavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026