Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda yuk avtomobili yo‘l chetidagi xandaqqa tushib ketdi
Kecha, 18 iyun A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismi 266,4-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yuk avtomobili yo‘l chetidagi xandaqqa tushib, yonboshlab qolgan.
Zudlik bilan voqea joyiga «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari hamda YPX xodimlari yetib borgan va avtomobilda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inning oldi olinib, haydovchi va uning yo‘lovchisi hayoti saqlab qolingan.
Shundan so‘ng, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, tez tibbiy yordam avtomashinasida Pop tumani shifoxonasiga olib ketilgan.
Mavzuga oid
10:25
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
10:15 / 01.07.2026