Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General Electric Rossiyada gaz turbinalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Amerika kompaniyasi Rossiya Federatsiyasida gaz turbinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu AQShning kengaytirilgan sanksiyalari kuchga kirishi bilan bog‘liq, deb yozadi «Kommersant».
Amerikaning General Electric (GE) kompaniyasi 19 iyun kuni Rossiyada gaz turbinalariga texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi, deb xabar berdi 20 iyun, seshanba kuni «Kommersant» gazetasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalardagi manbalarga tayanib. Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, GE Rossiya issiqlik elektr stansiyalarida turbinalar ishini kuzatish tizimiga kirishni yopgan. Buning ortidan Rossiyaga ehtiyot qismlar yetkazib berish to‘xtatilishi taxmin qilinmoqda.
Kompaniya Rossiyadagi faoliyatini 2022 yilning mart oyidayoq to‘xtatib qo‘ydi, faqat zarur tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berish va mintaqadagi mavjud energiya xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilayotgandi.
18 iyundan boshlab AQShning kengaytirilgan sanksiyalari kuchga kirdi, unga ko‘ra Amerika kompaniyalari Rossiyada muhandislik xizmatlarini ko‘rsata olmaydi. GE shu sababli kompaniya Rossiya Federatsiyasida bunday xizmatlarni taqdim etishi mumkin emasligi haqida ogohlantirgan.
Oliy Iqtisodiyot maktabi («VShE») ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya energetika sohasida import qilinadigan uskunalarga juda bog‘liq, eng keskin vaziyat gaz turbinalari bilan bog‘liq. «VShE» mutaxassislari Sanoat va savdo vazirligining 2014 yilda ushbu segmentdagi import ulushi (80-100 foiz) haqidagi ma’lumotlariga murojaat qilib, o‘shandan beri «vaziyat jiddiy o‘zgarmagan» deb ta’kidladi.
Vazirlikning o‘zi bu ma’lumotlarga izoh bermadi, lekin Rossiyada ishlab chiqaruvchilar turbinalar uchun zarur vakolatlarga ega ekanini va eng ekstremal holatda Osiyo mamlakatlari mahsulotlari ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.
2019-2020 yillar holatiga ko‘ra, gaz turbinalari va ular uchun butlovchi qismlar sohasida Rossiyaga importning 75 foizdan ortig‘i Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar rejimiga qo‘shilgan mamlakatlardan kelgan. Misol uchun, Qo‘shma Shtatlar hissasiga 2020 yilda jami kichik gaz turbinalari importining 22 foizi (5 MVtdan kam) va 5 MVtdan ortiq turbinalar jo‘natmasining 41 foizi to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025