Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Messi uslubidagi gol bilan g‘alaba qozondi. Yevropada kun o‘yinlari
Dushanba kuni Yevro-2024 saralashida 5 ta guruhda 4-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Mavropanosning qora kuni
V guruhi
Fransiya – Gretsiya 1:0
Gol: 1:0 – 55, penalti Mbappe.
Fransiya – Menyan, Kunde, Upamekano, Konate, Ernandes, Tchuameni, Kamavinga, Koman (Dembele, 77), Grizmann (Nkunku, 86), Mbappe, Kolo-Muani (Jiru, 86).
Gretsiya – Vlaxodimos, Boldok, Xatsidyakos, Mavropanos, Tsimikas, Bakasetas (Retsos, 72), Mantalos, Kurbelis (Buxalakis, 86), Siopis (Funtas, 66), Masuras (Kulerakis, 71), Yakumakis (Pavlidis, 66).
Ogohlantirishlar: Siopis (49), Mavropanos (50), Xatsidyakos (69), Kurbelis (69).
Chetlatish: Mavropanos (69).
Gibraltarga qarshi safarda o‘zini ortiqcha zo‘riqtirmagan fransuzlar nisbatan kuchliroq raqibga qarshi o‘yin uchun kuchlarni tejagandi. Ammo bu ham, tarkibdagi rotatsiya ham, hujum markazida Jiru o‘rniga unga qaraganda mobil harakatlanuvchi Kolo Muani tushirilishi ham «Uchranglilar»ning vazifasini osonlashtirib bermadi. Jahon vitse-chempionlari bu o‘yinda ochko yo‘qotishi ham mumkin edi, ammo ularga Mavropanos o‘zi istamagan holda yordam berib yubordi.
Avvaliga gretsiyalik himoyachi oyog‘ini ehtiyotsizlik bilan ko‘tarib, Grizmanning boshini qonatib yubordi. Keyin — Vlaxodimos bu fol uchun belgilangan penaltini qaytarganida — Mbappe ikkinchi urinishda zarba berish imkoniga ega bo‘ldi, chunki birinchi urinishda u to‘pga zarba berishidan oldin Mavropanos jarima maydoni ichiga kirib ketgandi. Natijada fransuzlar jamoasining yosh sardori mavsumdagi 54-golini urdi va Jyust Fontenning abadiy qoladigandek ko‘ringan milliy rekordini yangilay oldi.
Omadsiz grek himoyachisining personal «benefisi» darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin bo‘lgan Kolo Muanini yiqitgani uchun maydondan chetlatilishi bilan yakunlandi. Aytish mumkinki, Mavropanos va VAR mashhur arbitr Antonio Mateu Laosning hakamlik faoliyatini uzaytirib berishdi. Ispaniyalik hakam o‘zining so‘nggi o‘yinida ikkinchi bo‘limga roppa-rosa 14 daqiqa qo‘shdi.
Irlandiya – Gibraltar 3:0
Gollar: 1:0 – 52 Jonston, 2:0 – 59 Fergyuson, 3:0 – 90 Ida.

7 sentabr. Fransiya — Irlandiya, Niderlandiya — Gretsiya.
Sakaning benefisi
S guruhi
Angliya – Shimoliy Makedoniya 7:0
Gollar: 1:0 – 29 Keyn, 2:0 – 38 Saka, 3:0 – 45 Reshford, 4:0 – 47 Saka, 5:0 – 51 Saka, 6:0 – 64 Fillips, 7:0 – 73, penalti Keyn.
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Shou, Aleksander-Arnold, Henderson (Gallaher, 58), Rays (Fillips, 59), Saka (Foden, 59), Keyn (Uilson, 74), Reshford (Grilish, 58).
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Ristovski (Beytulai, 46), Velkoski, Zaykov (Serafimov, 57), Alioski, Ademi (Atanasov, 58), Bardi (Babunski, 67), Elmaz, Ashkovski, Traykovski (Babunski, 57), Nestorovski.
Ogohlantirishlar: Rays (41), Beytulai (72), Fillips (77).
Angliya — odatdagi kabi saralash turnirida ishonch bilan yetakchilik qilmoqda. Keynning har bir goli esa — uni milliy jamoa darajasida eng sermahsul futbolchilar poygasida bir pog‘ona yuqori ko‘tarmoqda. Juma kuni Harri Romario va yaponiyalik afsonaviy futbolchi Miuruni ortda qoldirgandi, dushanba kuni esa «Uch sherlar» liboasidagi 57-goli bilan Eto'O va Batistutani ortda qoldirdi.
Garet Sautgeyt shogirdlari makedoniyaliklarni «Old Trafford»da qabul qilgani voqealar rivojiga o‘zgacha shukuh berdi. «MYu» muxlislari Keynni shu stadionda muntazam ko‘rishni xayol qila boshlashgan. Qolaversa, to‘purar futbolchi «qizil iblislar»ning milliy jamoadagi vakillari Shou va Reshford bilan yaxshi bog‘lam hosil qilib, uchinchi golli kombinatsiyada muhim rolni o‘ynadi.
Lekin Manchesterdagi oqshomning asosiy qahramoni Saka bo‘ldi, u professional faoliyatidagi ilk het-trigini amalga oshirish bilan «Arsenal» futbolchilarining terma jamoada urgan gollari sonini 100 taga yetkazib qo‘ydi. «Kanonirlar» bu natijani «Tottenhem» (261), «MYu» (258), «Liverpul» (156), «Chelsi» (136) va «Everton»dan (102) keyin zabt etishdi. Angliya esa yuz foizlik natija bilan guruhda birinchi o‘rinda bormoqda, iyundagi ikki o‘yinda ham g‘alaba qozongan va ikkinchi o‘rinda joylashgan Ukraina olti ochkoga ortda qolmoqda.
Ukraina – Malta 1:0
Gol: 1:0 – 72, penalti Tsigankov.

9 sentabr. Ukraina — Islandiya, Shimoliy Makedoniya — Italiya.
Omadsiz Latviya
D guruhi
Armaniston – Latviya 2:1
Gollar: 1:0 – 35 Tiknizyan, 1:1 – 67, avtogol Mkrtchyan, 2:1 – 90, penalti Barsegyan.
Bunday o‘yinlarda, oson g‘alaba qozonish kutilganda jamoa o‘yini o‘xshayvermaydi. Shunday ekan, Armaniston bebaho tajriba va psixologik zaryadga ega bo‘ldi. Buni to‘p qo‘lga tekkani uchun qo‘yilgan penalti va «nuqta»dan Barsegyan ijrosidagi qaytarib bo‘lmaydigan qilib yo‘llangan zarba ta’minladi. Albatta, Tiknizyanning navbatdagi yorqin o‘yinini qayd etish kerak. Uch kun oldin ushbu futbolchi Uels bilan o‘yinda golli uzatma bergandi. Yangi hafta esa Nair uchun jarima maydoni markazida to‘pga bir teginish bilan urilgan gol bilan boshlandi — bu uning milliy jamoadagi ilk goli bo‘ldi. Latviya uchun esa iyun oyi juda dahshatli kechmoqda — Boltiq bo‘yi jamoasi ikki bor qo‘shimcha daqiqalarda hal qiluvchi golni o‘tkazib yuborishdi.
Turkiya – Uels 2:0
Gollar: 1:0 – 72 Nayir, 2:0 – 80 Gyuler.
Aniq ijro etilmagan penalti: Chalxono‘g‘li (64).
Turkiya – Gunok, Chelik (Elmali, 60), Bardakchi, Demiral, Kadio‘g‘li (Qahvachi, 73), Chalxono‘g‘li, O‘zjan (Guler, 61), Go‘kchi (Uchan, 89), Under, Oqturko‘g‘li (Nayir, 46), Yilmaz.
Uels – Uord, Robers, Rodon, Mifem, Uilyams, Ampadu, Remzi (Jyeyms, 84), Jyeyms (Bredshou, 62), Uilson (Broudhed, 84), Morrell, Jonson (Kabango, 46).
Ogohlantirishlar: Chelik (16), Demiral (47), Under (51), Robers (58), Qahvachi (74).
Chetlatish: Morrell (41).
Yozdagi ikkinchi o‘yinda ham qiyinchilik bilan g‘alaba qozongan Turkiya guruhda yetakchilik qilmoqda. Britaniyaliklarga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida son jihatdan ustunlikka erishgan mezbonlar o‘yin oxirlariga kelib maqsadiga erishdi. Undan oldinroq esa Hoqon Chalxono‘g‘li penaltini aniq ijro etolmadi, Umut Nayirning goli esa hujum vaqtida to‘p qo‘l bilan o‘ynalgani uchun bekor qilindi Ammo uning ikkinchi aniq zarbasi hisobga olindi, uning ortidan turklar jamoasining navbatdagi vunderkindi Arda Guler 18 yoshu 114 kunligida jamoaning turnir o‘yinlarida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchisiga aylandi.
🇹🇷 Take a bow, Arda Güler 🔥#EQGOTT | @AlipayPlus pic.twitter.com/qG24mHsUM6
— UEFA EURO 2024 (@EURO2024) June 19, 2023

8 sentabr. Turkiya — Armaniston, Xorvatiya — Latviya.
Qozog‘iston Daniyadan yuqorida
N guruhi
Shimoliy Irlandiya – Qozog‘iston 0:1
Gol: 0:1 – 88 Aymbetov.
Shimoliy Irlandiya – Pikok-Farrell, Hyum, Ketkart, Evans (Makmenamin, 64), Makneyr, Tompson (Braun, 84), Charlz, Sevill, Makkenn (Teylor, 71), Prays, Charlz (Leyveri, 72).
Qozog‘iston – Shatskiy, Gabishev (Skvorsov, 68), Bistrov, Marochkin, Alip, Vorogovskiy, Beysebekov, Tagibergen (Tapalov, 81), Zaynutdinov (Kuat, 75), Orazov (Astanov, 81), Samorodov (Aymbetov, 81).
Ogohlantirishlar: Sevill (66), Alip (67), Tagibergen (70).
Qozog‘iston milliy jamoasi tarix yaratishda davom etmoqda. Safarda Shimoliy Irlandiya ustidan g‘alaba qozongan qozoqlarda 2024 yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun yaxshi imkoniyat hosil bo‘lgan.
Belfastdagi «Uindzor Park» stadionida kechgan o‘yin teng kurashlar ostida kechdi. O‘yin durang hisobda yakunlanishi mantiqiy edi. Ammo qozog‘istonliklar forvardi Abat Aymbetov bunga qarshi edi. 81-daqiqada maydonga chiqqan futbolchi yetti daqiqa o‘tib maydonning o‘z jamoasi darvozasi joylashgan qismida to‘pni egallab oldinga yurdi va to‘p bilan 60 metr masofaga harakatlanib, yo‘lda uch raqibni aldab o‘tdi. Aymbetov jarima maydoniga kirib borib, Beyli Pikok-Farrelni ham dog‘da qoldirdi. 1:0 – va Qozog‘iston safardan uch ochko bilan qaytadi.
Qozog‘istonliklar to‘rt turdan keyin to‘qqiz ochko jamg‘argan holda N guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami – Finlandiyada ham shuncha ochko bor, ammo finnlar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha oldinda joylashgan. Keyingi o‘rinlarda 7 tadan ochkoga ega Daniya va Sloveniya kelmoqda.
Qozog‘istonliklar sentabr oyidagi ikki o‘yinni ham o‘z maydonida o‘tkazadi. Avvaliga Finlandiya qabul qilinadi (7 sentabr), keyin – Shimoliy Irlandiya (10 sentabr) mehmonga keladi. Bu o‘yinlar jamoaning Yevro-2024 yo‘llanmasi yo‘lidagi hal qiluvchi o‘yinlar bo‘ladi.
Sloveniya – Daniya 1:1
Gollar: 1:0 – 25 Shporar, 1:1 – 42 Heylund
To‘rt turda olti gol urib, saralash turnirida eng yaxshi to‘purar bo‘lib olgan Heylunddek hujumchiga ega Daniya esa Sloveniya bilan o‘yindagi durangdan keyin uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Bu o‘yinda ikki jamoaga ham omad kulib boqmadi. Avvaliga Eriksenning zarbasi darvoza ustuniga tekkandi, keyinroq Mlakarning zarbasidan keyin to‘sin daniyaliklar darvozasini goldan saqlab qoldi.
Finlandiya – San-Marino
Gollar: 1:0 – 16 Kamara, 2:0 – 39 Chellman, 3:0 – 65 Hokans, 4:0 – 72 Hokans, 5:0 – 74 Hokans, 6:0 – 76 Pukki.

7 sentabr. Qozog‘iston — Finlandiya, Daniya — San-Marino, Sloveniya — Shimoliy Irlandiya.
I guruhi
Shveytsariya – Ruminiya 2:2
Gollar: 1:0 – 28 Amduni, 2:0 – 41 Amduni, 2:1 – 89 Mixeile, 2:2 – 90 Mixeile.
🇨🇭 An outrageous outside of the foot assist from Shaqiri 🤤#EQSkills | @HisenseSpors pic.twitter.com/oFcVf0jHmv
— UEFA EURO 2024 (@EURO2024) June 19, 2023
Isroil – Andorra 2:1
Gollar: 1:0 – 42 Shlomo, 1:1 – 52 Rosas, 2:1 – 61 Solomon.
Belarus – Kosovo 2:1
Gollar: 1:0 – 73 Morozov, 2:0 – 75 Ebong, 2:1 – 87, penalti Muriki.

9 sentabr. Kosovo — Shveytsariya, Ruminiya — Isroil, Andorra — Belarus.
Mavzuga oid
21:05 / 26.07.2024
Ularga bozorda talab yuqori. Yevro-2024’da narxi oshgan 10 futbolchi
10:45 / 25.07.2024
«Yevro-2024» futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi
11:42 / 21.07.2024
Italiyalik himoyachi, «MYu»ning porlagan yulduzi va Ispaniyadagi iste’dodlar. Yevro-2024’ning asosiy kashfiyotlari
14:07 / 19.07.2024