Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 5 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Joriy yilning 19 iyun kuni soat 16:30 larda Shayxontohur tumani Qoratosh ko‘chasida YTH qayd etilgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1970 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Kobalt", 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Nexia-3", 1984 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Toyota", 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Tahoye", 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan "Matiz" avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026