Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Birinchi termoyadro bombasi ixtirochisi Moskvada o‘z joniga qasd qildi
92 yoshli Klinishovning jasadi 17 iyun kuni topildi.
Birinchi sovet termoyadro bombasi ixtirochisi, 92 yoshli Grigoriy Klinishov Moskva shahrida o‘z joniga qasd qildi. «Regnum» xabariga ko‘ra, muhandis-fizikning jasadi 17 iyun kuni o‘z uyida qarindoshlari tomonidan topilgan.
Klinishov qarindoshlarining uydan chiqib ketishini kutib, vidolashuv xatini qoldirib, o‘z joniga qasd etgani taxmin qilinmoqda. Xatda u qizidan kechirim so‘ragan. So‘nggi vaqtlarda uning kasal ekani, xotinining o‘limidan qattiq qayg‘uda bo‘lgani aytilmoqda.
Grigoriy Yemelyanovich Klinishov 1930 yilda tug‘ilgan. U birinchi sovet termoyadro bombasining (RDS-37) ixtirochilaridan hisoblanadi.
Yadro quroli bilan bir xil zarar yetkazuvchi omillarga ega termoyadro qurolining portlovchi kuchi ancha qudratli bo‘ladi.
Birinchi sovet termoyadro bombasi sinovi 1955 yil 22 noyabrda Qozog‘istondagi Semipalatinsk poligonida bo‘lib o‘tdi. Shu kuni dunyoda birinchi marta quvvati 1 megatonnadan ortiq bo‘lgan bomba portlatildi. Ushbu sinov 200 km radiusda bir qator fojiali voqealarga olib keldi. 59 ta aholi punktida binolar zararlandi yoki vayron bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi, shiftlarning qulashi tufayli bir necha kishi halok bo‘ldi. Portlash episentridan 240 km uzoqlikdagi radiusda uylarning oynalari sindi va radiatsiya darajasining oshishi qayd etildi.
Mavzuga oid
19:21 / 10.11.2025
Birgina hazilni deb aeroportda favqulodda holat e’lon qilindi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025