O‘zbekiston | 08:45 / 21.06.2023
8000
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish kengaytiriladi

Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida samaradorligi yuqori bo‘lgan uchuvchisiz parvoz apparatlari (dronlar) va dron materiallaridan foydalanishga qiziqish ortmoqda.

Foto: AP

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘tgan hafta Koreya-O‘zbekiston Drone Road Show 2023 ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tgani, unda Koreyaning 6 ta yetakchi kompaniyasi turli yo‘nalishlardagi dronlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlari namoyish etilgani aytildi. 

Agrar sohada qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

Tadbirda respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida monitoring va sprey dronlar, ashyolar interneti, 3D geografik axborot tizimlari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, qonunchilik bazasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid