Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 250 mln dollar ajratiladi
Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini moliyalashtirishning uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida” farmon imzolandi.
Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 1 yilga 250 mln dollar miqdorida foizsiz mablag‘ ajratiladi.
Banklar tomonidan paxta-to‘qimachilik klasterlariga 2022 yilda ajratilgan kreditlarni qaytarish muddati 1 yilga uzaytirilmoqda (250 mln dollar miqdoridagi qism bo‘yicha).
Gazlama, trikotaj mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari eksport qiluvchi korxonalarni aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun Eksportni rag‘batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga pul mablag‘larini ajratish tartibiga aniqlik kiritilmoqda.
Jamg‘armaga mablag‘lar quyidagi tartibda ajratiladi: 2023 yilda — 50 mln dollar, 2024 yilda — 150 mln dollar (2026 yil 1 yanvarda qaytarish sharti bilan).
Muqaddam 200 mln dollar miqdoridagi mablag‘larni 3 yil muddatga yillik 4 foiz stavkada ajratish haqida qaror qabul qilingan edi.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026
Intensiv bog‘dorchilikka o‘tish: prezident eski bog‘larni yangilashni buyurdi
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
19:05 / 12.05.2026