O‘zbekiston | 14:45 / 21.06.2023
8572
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida poyezd elektr energiyadagi uzilish sababli to‘xtab qoldi

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi 5 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirgan.

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 21 iyun kuni Toshkent metropolitenining "Alisher Navoiy" bekatiga harakatlanib kelayotgan 42-sonli harakat tarkibi tashqi elektr energiyadagi uzilish sababli to‘xtab qoldi

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabariga ko‘ra, belgilangan yo‘riqnomaga asosan zudlik bilan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi 5 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirgan.

Hozirgi vaqtda barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda, deyiladi rasmiy axborotda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid