O‘zbekiston | 09:31 / 22.06.2023
5531
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxt qator tumanlaridagi mahallalarning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi.

Bugun, 22 iyun kuni Toshkent shahridagi qator manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali xabariga ko‘ra, ular quyidagilar:

Olmazor tumani: «Paxta» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Yunusobod tumani: «Sandiq qo‘rg‘on» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug‘bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid