O‘zbekiston | 08:19 / 23.06.2023
4443
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA «Navoiy» xalqaro aeroporti yuk terminalini rivojlantiradi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Oybek Hamroyev DP World kompaniyasining (BAA) maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha direktori Muhammad Sulaymon Ol-Suvaydiy va CBRE konsalting kompaniyasining loyihani amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi Harish Rajagopalan bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida maxsus iqtisodiy zonalar va transport-logistika infratuzilmasi obektlarini boshqarishni takomillashtirish doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

«Navoiy» EIZ va «Navoiy» xalqaro aeroporti yuk terminalini rivojlantirish bo‘yicha kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Xorijiy tomon maxsus iqtisodiy zonaning ishlab chiqarish salohiyati, yuk terminalining texnologik xususiyatlari bilan tanishtirildi. Kompaniyaning innovatsion yondashuvlari va ilg‘or tajribasini qo‘llash orqali EIZ faoliyati samaradorligini va terminalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish imkoniyatlari qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvga muvofiq DP World kompaniyasi joriy yil sentabr oyi oxirigacha «Navoiy» EIZni kompleks rivojlantirish strategiyasini taqdim etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid