Jahon | 16:27 / 23.06.2023
11060
6 daqiqa o‘qiladi

Ozod etilgan qishloqlar xarobalari va Xersonda toshqin oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 484-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • BMT har yilgi hisobotida Rossiyani Ukrainada 136 nafar bola o‘ldirilishida aybdor deb atadi. Hujjat nashr etilishidan oldin Reuters va AFP tomonidan ko‘rib chiqilgan. BMT baholariga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 91 nafar boladan jonli qalqon sifatida foydalangan.
  • Anneksiya qilingan Qrim va okkupatsiya ostidagi Xerson oblasti rasmiylari Ukraina qurolli kuchlari yarimorolni region bilan bog‘lovchi, Chongar yaqinidan o‘tgan ko‘prikka raketa zarbasi yo‘llaganini xabar qilishdi.
  • Kaxovka GES to‘g‘oni vayron bo‘lishi natijasida endilikda sayozlashib qolgan suv omboridan qazilgan to‘rtta sug‘orish kanallari tizimi (ulardan biri Shimoliy Qrim kanali) suvsiz qolishiga olib keldi.
  • Volodimir Zelenskiy Rossiya okkupatsiya ostidagi Zaporijjya AESda «radiatsiya chiqarish» orqali terakt sodir etishga tayyorlanayotganini aytdi. Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi avariya holatida amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni e’lon qildi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Zelenskiyning bayonotini «navbatdagi yolg‘on» deb atadi.
  • Ukraina prezidenti Rossiya kitob va gazetalarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Oliy rada uni bir yil muqaddam qabul qilgandi.
  • RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu iyun oyi oxirigacha Rossiya zaxira armiyasini shakllantirish «yakunlanishi» rejalashtirilganini aytdi.
  • «Vagner» XHK SOBR, OMON, GROM va boshqa tuzilmalarning sobiq xodimlarini okkupatsiya qilingan hududlarda «harbiy politsiya» shakllantirish uchun yollashga kirishdi, bu haqda «Verstka» nashri aniqlagan.
  • Kaliningradlik faol Igor Barishnikov harbiy «feyk»lar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha yetti yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jarrohlik amaliyotiga zarurat sezayotganiga qaramay (unda o‘simta aniqlangan va saratonga gumon qilingan), uni koloniyaga yuborishgan.

Kun kadri. Pokrovsk o‘qqa tutilishi

21 iyun kuni Rossiya okkupatsiya ostidagi Donetsk shahridan taxminan 70 kilometr masofadagi Pokrovsk shahrini (shahar Ukraina kuchlari nazoratida) yana bir bor o‘qqa tutdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Tinch aholi vakillaridan besh kishi yaralangan (ular orasida 11 yoshli bola ham bor). Yaralangan bir ayol shifoxonaga yotqizilgan. Portlash to‘lqini raketa parchalari 50 dan ortiq binoga shikast yetkazgan.
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk oblastida qaytarib olingan qishloqlardagi ukrain askarlari 

Ukraina qurolli kuchlari qarshi hujum boshlanganidan buyon Donetsk va Zaporijjya oblastlarida bir qator aholi yashash manzillarini ozod etdi. Ozod etilgan qishloqlar deyarli butkul vayron bo‘lgan — xuddi shu do‘kon kabi
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyalik harbiylar tomonidan Makarivka qishlog‘i hududidagi devorlardan birida qoldirilgan Z-ramzlar. Foto ushbu qishloq ukrain harbiylari tomonidan ozod etilganidan keyin olingan.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastining Ukraina qo‘shini tomonidan ozod etilgan Storojyeve va Neskuchne qishloqlarini bog‘lovchi yo‘lda yotgan rossiyalik askar jasadi
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina armiyasining 35-brigadasi harbiy xizmatchisi Makarivkadagi vaqtincha bazada turnikka tortilmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainaning 35-brigadasi harbiysi AK-74 avtomatini tozalamoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiy xizmatchi o‘t ochish pozitsiyasida dronni tutib olmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukraina qo‘shini Donetsk oblastida yaqinda ozod etilgan qishloqlardan biridagi jang vaqtida
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ozod etilgan qishloqlardan biri Makarivka atrofidagi do‘kon xarobalari, Donetsk oblasti
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass shimolidagi ukrain dala hospitali 

Ukrainalik shifokorlar boshi chayqalgan harbiyga yordam ko‘rsatmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Suv chekinganidan keyingi Xerson

Xersonda Kaxovka GESdagi falokatdan keyin keskin ko‘tarilgan suv sathi pasaymoqda. Ukraina Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 22 iyun tongiga kelib Xerson oblastida suv darajasi 15 santimetrgacha pasaydi. Ukraina nazoratidagi hududlarda uchta aholi yashash manzilida jami 214 ta uy suv bosgan holida qolmoqda, oblastning anneksiya qilingan qismida esa 17 ta qishloq hamon suv ostida. 

Xersondagi turar joy binosi oldidagi bolalar maydonchasi ahvoli
Olexander Kornyakov / AFP / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol suv endigina chekingan kvartirasi polini tozalamoqda
Arthur Khanov / AFP / Scanpix / LETA
Xersonlik ayol suv bosgan kvartirasidan mebel va shikastlangan boshqa buyumlarini olib chiqmoqda
Arthur Khanov / AFP / Scanpix / LETA
Arthur Khanov / AFP / Scanpix / LETA​​​​​​

Mavzuga oid