Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganlik erkak qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yolladi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro qo‘shnisini o‘ldirish uchun qotil yollab, ishni bajarishi uchun unga 1000 AQSh dollari va’da qilgan. Bunday taklif olgan shaxs ichki ishlar xodimlariga xabar bergan va buyurtmachi qo‘lga olingan.
Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi YouTube sahifasida e’lon qilingan videoda aytilishicha, gumonlanuvchi erkak o‘z xotini qo‘shni erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini shubha qilib qo‘shni erkakni o‘ldirish evaziga keyinchalik IIBga xabar bergan shaxsga 1000 dollar va’da qilgan.
Bu taklifni olgan erkak esa ichki ishlar xodimlariga murojaat qilib, buyurtmachiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Ariza yuzasidan ichki ishlar xodimlari tezkor tadbir o‘tkazadi. Tadbir davomida buyurtmachi o‘ldirilishini so‘ragan jabrlanuvchi go‘yoki kaltaklangan tusga keltirilib, surati buyurtmachiga yuboriladi. U tezkor tadbir o‘tkazilgan joyga 11 million 400 ming so‘m pul va qo‘shnisini o‘ldirish uchun pichoq olib boradi. Erkak tibbiyot qo‘lqopi kiyib bilan jabrlanuvchiga (ya’ni qo‘shnisiga) tashlanmoqchi bo‘lgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olinadi.
Lavhada aytilishicha, erkakni qotil yollashdek jinoyat sodir etishga undagan shubha-gumon isbotlanmagan.
Holat yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘shnisini o‘ldirtirmoqchi bo‘lgan shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Mavzuga oid
09:00 / 18.06.2026
Namanganda yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi qo‘lga olindi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
11:24 / 23.05.2026