O‘zbekiston iyunda rossiyaliklar orasida eng mashhur yo‘nalishlar beshligiga kirdi
Shu bilan birga, har ikki yo‘nalishda parvozlar narxi bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi, mashhurlik bo‘yicha esa - to‘rtinchi.
O‘zbekiston iyun oyida rossiyaliklar o‘rtasida aviaqatnovlarga bo‘lgan talab bo‘yicha yetakchi beshtalikdan joy oldi. Bu haqda «Yandeks Puteshestviya» servisi tadqiqoti natijalariga tayanib, TASS xabar berdi.
O‘zbekiston parvozlar uchun eng mashhur yo‘nalishlar ro‘yxatida Ozarboyjonni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Eng mashhur yo‘nalishlar - Turkiya, Armaniston va Qozog‘iston.
Qolaversa, arzon reyslar bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘rinda. O‘zbekistonga har ikki yo‘nalishda sayohat har bir yo‘lovchiga 25,9 ming rubl (Rossiya banki kursi bo‘yicha 304 dollar) turadi.
Aviachiptalar narxi bo‘yicha Belarusga uchish arzonroq - 11 000 rubl (129 dollar), Armanistonga esa - 25 700 rubl (302 dollar). Tailand, Xitoy va BAAga eng qimmat reyslar amalga oshiriladi.
2023 yil iyun oyida Rossiyaga qo‘shni davlatlarga aviachiptalar narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshib, 28,8 ming rublni (338 dollar) tashkil qildi.
Mavzuga oid
15:35
Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik 5 yilga qamaldi
09:50
Rossiya KXDRga harbiy yordam uchun 600 000 tonna guruch taklif qilmoqda
09:30
Rossiyadagi «vatanparvarlik aksiyalari» 91 mlrd rublga tushdi
01:01