Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buchadagi yodgorlik va «Vagner»dan voz kechayotgan Rossiya. Urush suratlari
Ukrainada urushning 494-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Vagner» XHK «vaqtinchalik maxsus harbiy amaliyotda ishtirok etmasligi» va Belarusga ko‘chib o‘tayotgani tufayli jangchilarni yollashni to‘xtatgani haqida e’lon qildi.
- Kubandagi harbiy aerodromda portlash ro‘y berdi.
- «Vesti nedeli» dasturida «Vagner» XHK Rossiya hukumatidan 858 milliard rubl, Prigojinning «Konkord» kompaniyasi (RF mudofaa vazirligi bilan oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha shartnomalar tuzgan) — yana 845 milliard rubl olgani haqida aytildi.
- Rossiya propagandasi Baxmutning urushdagi ahamiyatini pasaytirib ko‘rsatishni boshladi. Birinchi kanalda bu shahar uchun janglar Mariupol uchun janglar bilan taqqoslandi va hududi bir necha barobar katta bo‘lgan Mariupol shahri (maydoni 244 kv.km va 425 mingdan ortiq aholi yashagan) 71 kunda olingani, Baxmut uchun esa (maydoni 41,6 kv.km, aholisi 72,3 ming kishi) 244 kun ketganiga urg‘u qaratildi.
- Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, «Vagner» XHKning ko‘plab jangchilari Putinning «qo‘lga qurol olgan holda xizmatni davom ettirish» bo‘yicha taklifini qabul qilgan. U bu orqali ular RF mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga tayyorligini nazarda tutgan.
- 2 iyulga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Kiyevga dronlar bilan hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari barcha sakkiz dron va uch raketa urib tushirilganini ma’lum qildi. Kiyev oblastida parchalar tushishi tufayli tinch aholi vakili halok bo‘lgan.
Buchadagi yodgorlik
Buchadagi shahar xiyoboniga kirish joyida 2022 yil mart oyida Rossiya okkupatsiyasi vaqtida halok bo‘lgan shahar aholisiga o‘rnatilgan yodgorlik ochildi. Tablichkalarda — 501 kishining familiyasi aks etgan. 1 iyul kuni shaharda «G‘alaba uchun birlashuv» xotira konserti bo‘lib o‘tdi. «Buni unutib va kechirib bo‘lmaydi. Shuning uchun biz dunyoga harbiy tribunal haqida eslatishda davom etamiz», — dedi Bucha shahri meri Anatoliy Fedoruk.
Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Alex Babenko / EPA / Scanpix / LETA
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
«Vagner» XHKning Peterburgdagi ofisidan emblemalar olib tashlanmoqda
Anatoliy Malsev / EPA / Scanpix / LETA
Anatoliy Malsev / EPA / Scanpix / LETA
3 iyul – Ukrainada zenitchilar kuni








Mavzuga oid
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026
Zelenskiy Rossiyaga «dahshatli qish» bilan tahdid qildi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
19:49 / 16.06.2026