Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 6 kechalik tartibsizliklardan so‘ng vaziyat yumshayapti
Fransiya rasmiylariga ko‘ra, 3 iyulga o‘tar kechasi mamlakatda 157 kishi qo‘lga olingan. So‘nggi kunlardagi tartibsizliklarga o‘smirning politsiyachi tomonidan o‘ldirilgani sabab bo‘lgan.
Nanterda 17 yoshli o‘smirning politsiyachi tomonidan o‘ldirilgani tufayli 27 iyundan buyon har tunda tartibsizliklar kuzatilayotgan Fransiyada vaziyat normallashishi kutilmoqda. 3 iyul, dushanbaga o‘tar kechasi mamlakatda tartibni buzganlik uchun bor-yo‘g‘i 157 kishi, jumladan, Parijda 20 kishi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda BFM TV.
Bu avvalgi kechalarga qaraganda ancha kam. Shu tariqa, 1 iyuldan 2 iyulga o‘tar kechasi, Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 719 nafar kishi qo‘lga olingan, ulardan 194 nafari - Parijda.
BFM TV telekanali muxbirlarining kuzatuvlariga ko‘ra, 3 iyulga o‘tar kechasi poytaxtning markaziy ko‘chasida keskin vaziyat qayd etilmagan, u yerda 27 iyundan beri politsiya kuchaytirilgan tarkibda tartib-intizomga rioya etilishi ustidan nazorat olib bormoqda.
Ayni paytda, Fransiyaning Rfi media kompaniyasi hukumat doiralarining ismi oshkor etilmagan suhbatdoshi fikrini keltirdi. Unga ko‘ra, Fransiya "bu vaziyat bilan hali to‘liq shug‘ullanmagan va biz (Fransiya rasmiylari) keyingi bir necha soatdagi voqealarga e’tibor qaratishimiz kerak".
2 iyul kuni kechqurun Yelisey saroyi matbuot xizmati Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 3 iyul kuni Milliy assambleya prezidenti Yael Bron-Pive va Senat raisi Jyerar Larshe bilan yuz bergan tartibsizliklar atrofidagi vaziyatni muhokama qilishi, 4 iyul kuni esa u mamlakatning 220 dan ortiq shahar va kommunallari hokimlari bilan shu mavzuda uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Makron Fransiya bosh vaziri Elizabet Bornga 3 iyul kuni parlament fraksiyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni topshirdi.
Fransiya davlati rahbari “ushbu voqealarga sabab bo‘lgan sabablarni tushunish bo‘yicha puxta va uzoq muddatli ishni boshlash niyatida”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026