Jahon | 09:13 / 03.07.2023
6816
2 daqiqa o‘qiladi

Kansler Shols: Germaniya Fransiyadagi tartibsizliklardan xavotirda

Olaf Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida politsiya xodimi o‘smirni o‘ldirganidan keyin boshlangan tartibsizliklarga qaramay, Fransiya beqarorlik xavfi ostida emas.

Foto: Firas Abdullah/AA/picture alliance

Germaniya 17 yoshli o‘smirning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi ortidan bir qator shaharlarda besh kundan beri tartibsizliklar tinmayotgan Fransiyadagi voqealarni xavotir bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 2 iyul, yakshanba kuni ARD ommaviy yuridik media-kompaniyasiga intervyusida gapirdi.

Berlin Fransiyani “do‘stona qo‘shni davlat” sifatida ko‘radi, dedi Germaniya hukumati rahbari. U Fransiya Respublikasiga beqarorlik tahdid solmasligiga va uning prezidenti Emmanuel Makron “vaziyatning tez yaxshilanishini ta’minlash yo‘llarini topishiga” ishonch bildirdi. Bir kun avval Fransiya davlati rahbari Germaniyaga 2-4 iyul kunlariga mo‘ljallangan davlat tashrifini qoldirgan edi.

Shu bilan birga, Shols Germaniyada ham tartibsizliklar boshlanishi mumkinligiga ishonmaydi. "Buning belgilari yo‘q", deb ta’kidladi Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari. Berlin energiyaning yuqori narxlarini yumshatish va energiya ta’minoti ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirdi, deya qo‘shimcha qildi kansler aholining mamlakat energetika siyosatidan noroziligiga ishora qilib.

Parij yaqinidagi norozilik namoyishlari 28 iyunga o‘tar kechasi Nanterda o‘smirning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishi ortidan boshlandi. Avtomobilni boshqarayotgan o‘smir yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talabiga ko‘ra to‘xtashdan bosh tortgan va otib o‘ldirilgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar yigitni saqlab qola olmadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid