Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston bilan chegarani belgilashga oid shartnoma ratifikatsiya qilindi
O‘zbekiston prezidenti imzolagan qonun bilan, Qozog‘iston bilan davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi. Qozog‘iston tomoni bu bitimni uch oy oldin ratifikatsiya qilgandi. Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlangani ma’lum qilindi.
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida O‘zbekiston – Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma (Toshkent, 2022 yil 22 dekabr) ratifikatsiya qilindi.
Hujjat O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan uning 2022 yil 21 dekabr kuni mamlakatga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan edi.
Shartnomaga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi davlat chegarasining demarkatsiya qilingan chizig‘i uzunligi 2 356 kilometrdan ortiqdir.
Shartnoma bilan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlandi hamda chegara xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash uchun eng muhim shart-sharoitlar yaratildi.
Bu xalqaro hujjatni Qozog‘iston tomoni mart oyi oxirida tasdiqlagan. 28 mart kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzolagan.
Mavzuga oid
21:43 / 23.04.2026
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlashi mumkin
22:09 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
20:19 / 22.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari kengashida ishtirok etdi
17:25 / 22.04.2026