Jahon | 09:41 / 04.07.2023
5790
2 daqiqa o‘qiladi

Latviya rossiyaliklarga vizalar berishni qaytadan boshladi

Latviya Tashqi ishlar vazirligi har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilishini va arizachi safar maqsadini hujjatlashtirishi kerakligini ta’kidladi.

Foto: Globallookpress

4 iyuldan boshlab Latviya Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida Rossiya fuqarolaridan viza olish uchun arizalarni qabul qilishni davom ettiradi. Bunday qaror «xavfsizlik bo‘yicha joriy vaziyatni baholash hamda qo‘shni davlatlar va mintaqaviy hamkorlar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng» qabul qilindi, deb xabar berdi 3 iyul, dushanba kuni Delfi portali vazirlik matbuot xizmatiga tayanib.

Latviya fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning oila a’zolari, Yevropa Ittifoqi yoki Shveytsariya fuqarolarining oila a’zolari, humanitar maqsadda, masalan, yaqinlarining jiddiy kasalligi yoki dafn marosimida qatnashish uchun kelmoqchi bo‘lganlar, shuningdek, o‘z mamlakatida hayoti va xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lgan shaxslar ariza topshirishi mumkin. Latviya Tashqi ishlar vazirligi har bir ariza alohida ko‘rib chiqilishini va arizachi ushbu toifalardan biriga tegishli ekanligini hujjatlashtirishi kerakligini ta’kidladi. 

26 iyundan boshlab Latviya «Vagner» XHK asoschisi Vagner Yevgeniy Prigojinning Rossiyadagi isyoni munosabati bilan Rossiya fuqarolaridan barcha turdagi vizalar uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatdi, Latviya hukumati buni «Rossiyadagi siyosiy voqealarning oldindan aytib bo‘lmaydigan rivoji bilan bog‘liq» deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid