Jahon | 16:05 / 04.07.2023
12631
2 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping ShHT sammitida 5 ta tashabbusni ilgari surdi

4 iyul kuni Shanhay hamkorlik tashkilotining Hindiston mezbonligidagi navbatdagi sammiti videoaloqa rejimida o‘tkazildi. Unda «insoniyat misli ko‘rilmagan chaqiruvlar oldida turgani»ni ta’kidlagan XXR raisi Si Jinping 5 ta tashabbus bilan chiqish qildi.

Onlayn formatda o‘tayotgan ShHT sammiti. Foto: kremlin.ru

Xitoy raisi Strategik koordinatsiya va sheriklikni kuchaytirish, raqobat qilish o‘rniga, hamkorlik qilish lozimligini ta’kidladi.

1. Buning uchun mintaqa manfaatlariga asoslangan tashqi siyosat ishlab chiqilishi. Tashqaridan yangi sovuq urush olovini yoqishga urinishlar, mintaqada bloklararo qarama-qarshilik keltirib chiqarishga hushyor bo‘lish, tashqi aralashuv va rangli inqiloblar tashkillashtirishga keskin qarshilik ko‘rsatish kerak.

2. Mintaqada tinchlikni ta’minlash. Xitoy global xavfsizlik g‘oyasini ilgari surishga, xalqaro muammolarni siyosiy tomondan tartibga solishda yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor. ShHTning xavfsizlik sohasidagi sheriklik rolini kuchaytirish muhim.

3. Iqtisodiyotni jonlashtirish sur’atlarini oshirish. Bir tomonlama sanksiyalar, sun’iy to‘siqlar qo‘yishga urinish, aloqalar va yetkazib berish zanjirlarini uzishga qarshi turish. «Bir belbog‘ — bir yo‘l» tashabbusini milliy strategiyalar bilan bog‘lash. Milliy valutalar bilan o‘zaro hisob-kitob qilish ulushini ko‘paytirish.

4. Xalqlarning almashinuvini faollashtirish. Xitoy global sivilizatsiya g‘oyasi tarafdori. Ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash, sport va OAV sohasida hamkorlikni kuchaytirish. Xitoy yozgi lagerda hordiq chiqarish bo‘yicha 1000 ta, xitoy tilini o‘rgatish bo‘yicha 1000 ta kvota ajratadi. 100 nafar yosh olimlar Xitoy taklifiga ko‘ra, almashinuv dasturi bo‘yicha XXR ilmiy-tadqiqot sohasiga jalb qilinishi mumkin.

5. Xitoy xalqaro huquqqa asoslangan BMTning markazlashgan tizimini himoya qilish kerak, deb hisoblaydi. Kuch orqali siyosat yurgizishga qarshi turish kerak. Tinchlikni va tinchlikka asoslangan tartib-intizomni ta’minlash kerak.

  • Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan, 4 iyul kuni Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining videoanjuman shaklida o‘tadigan navbatdagi majlisida ishtirok etishi xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid