Jamiyat | 20:25 / 05.07.2023
22061
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ichuvchi mamlakatlar reytingida 124-o‘rinda qayd etildi 

O‘zbekistonda aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 2,45 litr alkogol to‘g‘ri keladi.

Foto: Freepik

Tinch okeanidagi Kuk orollari davlati spirtli ichimliklar iste’moli bo‘yicha jahon rekordchisiga aylandi. Bu yerda aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 12,97 litr alkogol ichiladi. Bunday ma’lumotlar AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) tomonidan taqdim etildi. 

Reytingni tuzishda dunyoning 189 ta davlatida 2019 yildagi alkogolli ichimliklar iste’moli bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilingan. MRB ma’lumotlariga ko‘ra, aholisi eng ko‘p ichadigan mamlakatlar beshligiga Latviya (12,9 litr), Chexiya (12,73 litr), Litva (11,93 litr) va Avstriya (11,9 litr) kiradi. 

AQSh aholisi yiliga o‘rtacha 8,93 litr alkogol iste’mol qiladi va 35-o‘rinni egallaydi, Rossiyada aholi jon boshiga yillik o‘rtacha iste’mol 7,29 litrga teng (56-o‘rin). 

Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 3,73 litrni tashkil qiladi (100-o‘rin), Belarusda – 10,57 litr (18-o‘rin), Qirg‘izistonda – 4,02 litr (96-o‘rin), Ozarboyjonda – 1,38 litr (142-o‘rin), Tojikistonda – 0,85 litr (156-o‘rin), O‘zbekistonda – 2,45 litr (124-o‘rin), Turkmanistonda - 2,88 litr (117-o‘rin). 

MRB spirtli ichimliklar savdosi cheklangan islom mamlakatlari - Somali, Saudiya Arabistoni, Mavritaniya, Quvayt va Bangladeshni alkogoldan xoli deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid