Özbekistonda kafe-restoranlar va mehmonxonalarda alkogol mahsulotlari uçun naqd pulda tölov qilişga ruxsat berilişi kutilmoqda.
Bu haqda 21 aprel kuni umumiy ovqatlaniş sohasidagi tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda ma’lum qilindi.
Muloqotda söz olgan tadbirkor alkogol mahsulotlarini faqat naqdsiz sotiş tartibi kuçga kirgaç, turistlar bilan işlaş qiyinlaşganini aytdi.
Soliq qömitasi raisi Farrux Pölatov bunga javoban yaqin kunlarda masalaga yeçim berilişini ma’lum qildi.
“Bu – bizning aybimiz, e’tiborsizligimiz. Bu böyiça işlayapmiz va yaqin kunlarda yeçim taqdim etamiz – töğrilab beramiz”, – dedi u.

Pölatovning ta’kidlaşiça, amaldagi tizimda mijozlar noqulay vaziyatga tuşib qolmoqda – masalan, ovqat uçun naqd pul tölaş mumkin, biroq alkogol uçun alohida karta orqali tölov qiliş talab etiladi.
Mazkur muammoni bartaraf etiş maqsadida Soliq qömitasi tomonidan tegişli hujjat loyihasi işlab çiqilgan. Unga köra, restoran va mehmonxonalarda alkogol uçun ham naqd, ham naqdsiz tölov imkoniyatini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Hozirda loyiha manfaatdor idoralar bilan kelişuv bosqiçida.
Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov ham amaldagi tartib sayyohlar uçun jiddiy tösiq bölayotganini qayd etdi:
“Agar xorijiy sayyoh mehmonxonada spirtli içimliklarni naqd pulga sotib olmoqçi bölsa, u Uzcard yoki Humo kartasini oçiş uçun bankka borişiga töğri keladi. Natijada içişni xohlagan sayyoh içgisi ham kelmay qolib, samolyotga ötirib, orqasiga qaytib ketyapti”.
Eslatib ötamiz, 1 apreldan boşlab Özbekistonda bir qator tovarlar, xususan alkogol va tamaki mahsulotlarini ham naqd pulga sotiş taqiqlangan edi

















